SHOʻRO (arab. — maslahat, kengash) — 1) Qurʼonning 42surasi nomi. 53 oyatdan iborat. Makkada nozil boʻlgan. Bu surada musulmonlar dunyoviy va diniy ishlarni oʻzaro maslahat va kengash asosida amalga oshirishlari maqsadga sazovor ekanligi aytilgan. 1917-yilda Turkiston taraqqiyparvarlari (jadidlari) va ulamolari tuzgan tashkilotlar nomida ham Shoʻro soʻzi uchraydi: «Shoʻroi islomiya», «Shoʻroi ulamo».
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые