SHOYINKA, Soyinka Vole (1934.13.7, Abeokuta) — nigeriyalik dramaturg va yozuvchi. «Sher va sohibjamol» (1963) va «Oʻrmon raqsi» (1963) hajviy pyesalarida Shoyinka grotesk vositasi orqali Afrikadagi anʼanaviy va zamonaviy oqimlar oʻrtasidagi toʻqnashuvlarni aks ettiradi; tarixiy oʻtmishni bilishga chaqiradi. «Monax Ieronimning sinovlari» (1964) komediyasi, urushga qarshi qaratilgan «Telbalar va professionallar» masali (1971) va «Sharhlovchilar» (1965) romanining muallifi. Bu asarlarda Shoyinka Nigeriya amaldorlarining poraxoʻrligini qoralaydi. Sheʼrlarida oʻz davri muhitidan norozilik ohanglari sezilib turadi («Qamoqdagi sheʼrlar», 1969). Nobel mukofoti laureati (1986).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые