Shoxruh Abduxalilov ZAMONAVIY TADBIRKORNING HAYOT YO‘LI!

ZAMONAVIY TADBIRKORNING HAYOT YO‘LI!
Hozirgi kunda yurtimizda biznes yo‘nalishida o‘zining muvaffaqiyatli faoliyatini olib borayotgan, treyding yo‘nalishi va zamonaviy biznesda birinchi o‘rinni egallab turgan yosh tadbirkorlardan biri Shoxruh Abduxalilov 1999 yil 19 fevral kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Bekoboddagi 2 maktabni tugatgach, Shoxruh Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti qoshidagi Akademik litseyga o‘qishga kiradi. Aynan shu vaqtlarda u biznes sohasiga qiziqib, o‘z kelajagini aynan shu yo‘nalishda bo‘lishini, o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Buning uchun, mukammal bilim olish kerakligini tushungan Shoxruh Akademik litseyni tugatgach, Toshkentdagi Yodju universitetiga o‘qishga kiradi. U yerda binesni boshqaruv va xalqaro iqtisodiy aloqalar yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgach, Londonga o‘qishga ketishga qaror qiladi. Londonda u West London universitetida biznesni boshqaruv va treyding, moliyaviy yo‘nalish bo‘yicha tahsil olgan. Mazkur universitetni tugatgach, Toshkentga qaytgan. G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkentdagi filialida magistraturani tamomlagan.
Shoxruh tadbirkorlikka yoshlikdan qiziqqan bo‘lgani uchun, o‘zining biznesdagi ilk qadamlarini treydingdan boshlagan. U muvaffaqiyatli biznes, bu bilim, omad va mehnatdan tashkil topadi, deb hisoblaydi. Shuning uchun ham, biznes yo‘nalishida yangiliklar yaratish, hamda izlanishga ko‘p vaqt sarflaydi.
Ayni vaqtda Shoxruh Abduxalilov o‘z izlanishlari va mehnati natijasi bo‘lgan Ake brendi ostida, Ake water suv ishlab chiqarish, Ake consulting, Ake logustics va Ake fx Forex asoschisidir.
U hozirda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari ichida reytingda treyding yo‘nalishi va zamonaviy biznesda birinchi o‘rinni egallab turgan yosh tadbirkorlardan biri hisoblanadi. Ayni vaqtda treyding, ishlab chiqarish, konsalting va brokerlik bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Shoxruh Abduxalilov oilada to‘rt farzandning ikkinchisi bo‘lib, eng katta o‘g‘ildir. Bittasi opasi va ikkita ukasi bor. Otasi G‘ayrat Abduxalilovich Karimboyev O‘zbekiston xalq deputati va tadbirkor.
Shoxruh Abduxalilov oilali, to‘yi 2022 yilning 20 iyunida bo‘lgan.
Shoxruh Abduxalilov biznesdan tashqari, avtomobillarga qiziqadi. Ilk mingan mashinasi Malibu 1 rusumida bo‘lib, uni o‘zi mehnat qilib topgan pullariga sotib olgan. So‘ng, Malibu 2, Mersedes bens, Korvet, Taxoye avtomobillarini sotib olgan va boshqargan. Ayni vaqtda Gelandewagen (Gelik) avtomobili egasi.
Tadbirkorning eng katta orzusi, kelajakda biznes va treyding yo‘nalishida o‘ziga xos yangi, muvaffaqiyatli katta xalqaro loyihalarni amalga oshirish va yurtimiz rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shishdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x