Shoxruh Abduxalilov o‘zi haqida:

BILIMLI TADBIRKORNING MUVAFFAQIYAT SIRI!
Shoxruh Abduxalilov o‘zi haqida: — Men uchun muvaffaqiyatli tadbirkorlik asosi bu, kuchli bilimdir. Shuning uchun ham, tadbirkorlikda har qancha muvaffaqiyatga erishsam ham, hamisha bilim olish va izlanishdaman.
O‘zim 1999 yil 19 fevral kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida ziyoli oilada tug‘ilganman. Bekoboddagi 2 maktabni tugatgach, Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti qoshidagi Akademik litseyga o‘qishga kirganman. Akademik litseyda o‘qib yurgan vaqtlarimda, biznes sohasiga qiziqib, o‘z kelajagimni aynan shu yo‘nalishda bo‘lishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganman.
Buning uchun, mukammal bilim olish kerakligini tushunganim uchun ham, Akademik litseyni tugatgach, Toshkentdagi Yodju universitetiga o‘qishga kirganman. U yerda binesni boshqaruv va xalqaro iqtisodiy aloqalar yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgach, Londonga o‘qishga ketishga qaror qildim. Londonda West London universitetida biznesni boshqaruv va treyding, moliyaviy yo‘nalish bo‘yicha tahsil oldim. Mazkur universitetni tugatgach, Toshkentga qaytdim. G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkentdagi filialida magistraturani tamomladim.
Tadbirkorlikka yoshlikdan qiziqqanim uchun, o‘zimning biznesdagi ilk qadamlarimni treydingdan boshladim. Men muvaffaqiyatli biznes, bu bilim, omad va mehnatdan tashkil topadi, deb hisoblayman. Shuning uchun ham, biznes yo‘nalishida yangiliklar yaratish, hamda izlanishga ko‘p vaqt sarflayman.
Ayni vaqtda o‘z izlanishlarim va mehnatlarim natijasi bo‘lgan Ake brendi ostida, Ake water suv ishlab chiqarish, Ake consulting, Ake logustics va Ake fx Forex asoschisiman.
Hozirda O‘zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlari ichida reytingda treyding yo‘nalishi va zamonaviy biznesdagi muvaffaqiyatli tadbirkorlardan biriman. Ayni vaqtda treyding, ishlab chiqarish, konsalting va brokerlik bilan shug‘ullanib kelmoqdaman.
Oilada to‘rt farzandning ikkinchisi, eng katta o‘g‘ilman. Bittai opam va ikkita ukam bor. Otam G‘ayrat Abduxalilovich Karimboyev O‘zbekiston xalq deputati va tadbirkor. U kishi mening yutuqlarimdan g‘ururlanadilar.
Oilaliman, to‘yim 2022 yilning 20 iyunida bo‘lgan.
Biznesdan tashqari, avtomobillarga juda ham qiziqaman. Ilk mingan mashinam Malibu 1 rusumida bo‘lib, uni o‘zim mehnat qilib topgan pullarimga sotib olganman. So‘ng, Malibu 2, Mersedes bens, Korvet, Taxoye avtomobillarini sotib oldim va boshqardim. Ayni vaqtda o‘zim orzu qilgan Gelandewagen (Gelik) avtomobili egasiman.
Kelajakdagi eng katta orzuim, biznes va treyding yo‘nalishida o‘ziga xos yangi, muvaffaqiyatli katta xalqaro loyihalarni amalga oshirish va yurtimiz rivojiga o‘zimning munosib hissamni qo‘shishdir.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x