SHOU (ing. — koʻrsatmoq, tomosha) — dabdabali ommaviy tomosha. Dastlab AQSHda estrada konsertini ifodalagan. Koʻpincha muayyan mavzu (mas, AQSH kinoakademiyasining «Oskar» mukofoti, Oʻzbekistonda «Ofarin», «Nihol» mukofotlari taqdimot marosimlari). maʼlum shaxsni mashhur qilish yoki narsa, voqeani targʻibot etish maqsadida (reklama Sh. si). estrada, sport «yulduzlari», mashhur aktyor, siyosatchi va boshqalar ishtirokida uyushtiriladi. Shou gashkil etish yoʻli bilan daromad topish Shou biznes deb ataladi. Shou bilan maxsus Shou birjalar. firmalar, madaniimusiqavii uyushmalar, ayrim guruxdar yoki baʼzi biznesmen (prodyuser)lar shugʻullanishi mumkin. Shouda bitishuv shartnomalariga asosan, mamlakatning oʻzidagi va chet ellardagi mashhur artistlar, sanʼat guruhlari va boshqalarning chiqishlari uyushtiriladi. Oʻzbekistonda 20-asrning 90-y. lari boshidan estrada Shou biznes rivojlandi (yana q. «Uzbeknavo»).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые