Shoshlik muhaddislar. Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Odam ibn Abdulloh Odamiy Shoshiy


Post Views:
59

Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Odam ibn Abdulloh Odamiy Shoshiy — shoshlik muhaddis. Abu Sa’d Sam’oniyning «Ansob» asarida muhaddis bobosining ismi Odam bo‘lganligi uchun bu kishiga «Odamiy» nisbati berilgan[1].

Abu Bakr Ahmad Odamiy Shoshiy dastlab hadis ilmini o‘z yurtida Habib Mug‘ira Shoshiy, Homid ibn Dovud Shoshiylardan o‘rgangan[2]. U ilm-ma’rifat talabida Iroq va Hijoz o‘lkalariga safar qilgan. Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Odam ibn Abdulloh Odamiy Shoshiy Ubaydulloh ibn Vosil Buxoriy, Abu Hotam Muhammad ibn Idris Roziy, Muhammad ibn Abdulloh ibn Yazid Muqri’ va boshqalardan hadis ilmidan ta’lim olgan[3]. Undan Abulfazl Muhammad ibn Muhammad Shoshiy, Abu Ja’far Muhammad ibn Ali ibn Sa’don ibn G‘azzoliy, Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Ishtixoniy[4] hadislar rivoyat qilishgan.

Mashhur tarixchi Abu Sa’d Sam’oniyning xabar berishicha, Abdulloh ibn Odamiy Shoshiy Shosh va uning vohasida hadis ilmini targ‘ib qilgan[5].

Ne’matullo MUHAMEDOV
SHOSH VOHASI OLIMLARINING ILMIY-MA’NAVIY MEROSI

«Toshkent islom universiteti»
nashriyot-matbaa birlashmasi,
Toshkent — 2007

[1] al-Ansob. 1 -jild. -B. 97

[2] O‘sha manba. 1-jild. -B. 97

[3] O‘sha manba. 1-jild. -B. 97

[4] O‘sha manba. 1-jild. -B. 97; Yana qarang: Siyar a’lom an-nubalo. 16-jild. -B. 521

[5] O‘sha manba. 1-jild. -B. 97

https://shosh.uz/uz/shoshlik-muhaddislar-abu-bakr-ahmad-ibn-muhammad-ibn-odam-ibn-abdulloh-odamiy-shoshiy/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x