SHOPENGAUER

SHOPENGAUER Artur (1788.22.2, Dansig 1860.21.9, FrankfurtMayn) — nemis faylasufi. Gyottingen untida tabiatshunoslik va falsafani oʻrgangan. Berlin untida privatdotsent (1820—31). Shopengauer oʻzini Gaitning shogirdi, izdoshi hisoblagan. Ayni paytda falsafiy qarashlari noratsional tafakkur tarziga moyil. Shopengauer nazdida olam ixtiyor va tasavvur sifatida namoyon boʻladi. Ixtiyor — mutlaq ibtido, butun mavjudlikning asosi, narsa oʻzida; tasavvur — voqelik, his etish, tafakkur, hayolot, nihoyat, butun olamning oʻzi; uni subyekt hissiy aʼzolari va ongi bilan koʻz oʻngida gavdalantirishi mumkin. «Olam — mening tasavvurim», deydi u; inson koʻz ochishi bilan duch kelgan hidlaru ranglarga, tovushlaru sukunatga, issigʻu sovuqqa toʻla olam faqat tasavvurdan iborat. Ixtiyor tasavvurga oʻxshamaydi, u sirli, hali kashf etilmagan, ehtimol, umuman kashf etib boʻlmaydigan narsa. U makon va zamonda yashaydigan mavjudotlarning paydo boʻlishini taʼminlaydigan kuch, lekin oʻzi makon va zamonga boʻysunmaydi. Inson eng avvalo, ixtiyor etguvchi, istaguvchi, hirs qoʻyguvchi va shundan keyingina bilguvchi, fikrlovchi mavjudot. Insonning yashashga boʻlgan ixtiyori, istagi gʻoyatda kuchli, u yashash istagida yangidanyangi ixtiyor iskanjasiga tushaveradi. Ixtiyor changalidan qutulish uchun odam barcha xohishistaklardan yuz oʻgirmogʻi kerak. Shunda u haqiqiy xotirjamlikka, istaksiz umrga erishadi. Buni Shopengauer budda dini bilan bogʻliq holda izohlaydi. Bu dinning baʼzi gʻoyalarini Shopengauer Gʻarb uchun boʻlajak model sifatida olib qaraydi. Chunonchi nirvanaga yetishish gʻoyasiga ixtiyor va tasavvurlar nuqtayi nazaridan yondashadi. Shopengauer olamni Budda kabi roʻyo deb biladi. Shopengauer fikricha, insondagi xudbinlikni ijtimoiy tuzilmalarning oʻzi yenga olmaydi, bu illatdan sanʼat yordamida qutulish mumkin. Shopengauer shafqat hissini axloqning asosi deb biladi. Shopengauer gʻoyalari 20-asr falsafasidagi turli oqimlar — hayot falsafasi, psixoanaliz, intuitivizm va boshqalarga asos boʻldi. Asosiy asarlari; «Olam — ixtiyor va tasavvur sifatida» (1819—44), «Axloqshunoslikning ikki asosiy muammosi» (1837—39), «Hayot maktabining hikmatlari» (1851).

Abdulla Sher.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x