Yozyovon tumanidan Erkin akaning deputatlikka nomzodi qoʻyildi. Saylovoldi uchrashuvlarida, qayerga bormaylik, bir taklif tez-tez takrorlanib turardi:
– Kimligingizni yaxshi bilamiz. Boshqa gapni qoʻyib, bizga yangi sheʼrlaringizdan oʻqib bera qoling!
Bu hol davom etavergach, Erkin aka yigʻinlarning birida shunday degandi:
– Ilgari toʻqigan sheʼrlarimni oʻqib berishdan osoni yoʻq. Mabodo deputatlikka saylansam, endi qonunlarniyam sheʼriy usulda yozib berasiz, demasalaring bas.
Anvar OBIDJON
“Yoshlik”, 2017 yil 10-son
https://saviya.uz/hayot/mashhurlar-hayoti/shoirning-xavotiri/