Shohruhxon — Nega

Quvlaydi ertalabdan kechgacha ovozing,
Tun bo’yi esa tonggacha chorlar nigohing.
Seni bir zumga ham o’ylamay qo’ymayman,
Unutolmayman nega?

Qayerdadir yuraman sen bilan xayolda,
Termulaman, xonamning to’rida rasming.
Haydayman aqlimdan unutgin meni,
Alvido deganlaring.

Vaqt o’tib qadrlaysan deb seni sevishimni,
Qozonmoqchi bo’ldim ko’ngling, xayolingni.
Lekin hech yo’l topa olmadim
Yuragingga men, o’-o’…

Vaqt o’tib qadrlaysan deb seni sevishimni,
Qozonmoqchi bo’ldim ko’ngling, xayollaringni.
Lekin hech yo’l topa olmadim
Yuragingga men, nega, nega, nega? Nega?

Es-hushim yig’olmayman, asabim qolmagan,
Borgan sari bardoshim tugar, sog’inch qiynar.
Ilojsiz joydan iloj izlayman,
Baribir unutolmayman nega?

Bunchalar dil ozorsan, yurasan beparvo,
Qiziqmas senga hech kimning ahvoli aslo.
Tasavvur qilolmayman,
Ne uchun xira sensiz dunyo?

Vaqt o’tib qadrlaysan deb seni sevishimni,
Qozonmoqchi bo’ldim ko’ngling, xayolingni.
Lekin hech yo’l topa olmadim
Yuragingga men, o’-o’…

Vaqt o’tib qadrlaysan deb seni sevishimni,
Qozonmoqchi bo’ldim ko’ngling, xayollaringni.
Lekin hech yo’l topa olmadim
Yuragingga men, nega, nega, nega? Nega?

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x