SHOHMUROD (1741/49 Buxoro 1800.30.11) Buxoro amiri (17851800), lshn/itlardan. Muhammad Doniyolbiy otaliqning oʻgʻli. Shohmurod otasi vafot etgach, uning «amirul umaro» unvonini qabul qilgan va rasmiy ravishda Buxoro taxtida oʻtirgan chingiziy Abulgʻozixonni hokimiyatdan chetlatib, oʻzini Buxoro amiri deb eʼlon qilgan (1785 yil 9-iyunʼ). Oʻnta ukasining har biriga bittadan viloyat hokimligini berib, siyosiy tarqoqlikka barham bergan.
Shohmurod faol ichki va tashqi siyosat olib borgan. Shohmurod pul islohoti oʻtkazib, sof kumushdan tanga zarb qildirgan. Zamoshyushlari va kelajak tarixchilari Shohmurodni «Amiri maʼsum» («Begunoh amir») va «Umari soniy» («Ikkinchi Umar»), «gʻoziy» unvonlari bilan tilga olishadi. Sh. Marv, Balx va boshqalar hududlarni Buxoroga qaytarish uchun Xurosonga qilgan harbiy yurishlarida uning qoʻshinlari golib chiqqan, Marv, Balx, Maymana va Andxuy Buxoroga qaytarilgan.
Sh. Usmonli turk sultonligi va Rossiyaga bir necha marta elchilar joʻnatgan.
Shohmurod tasavvuf gʻoyalari bilan sugʻorilgan «Ayn fihikmat» («Donishmandlik asoslari») asarini yozgan, hanafiya mazhabiga doir «Fatavayi ahli Buxoro» («Buxoro ahliga fatvolar») toʻplamini tuzgan.
Shohmurod davrida Buxoro va Samarqandda koʻplab madrasalar, masjidlar, xonaqolar va turli binolar qurilgan. Xususan, Zarafshon vodiysidagi dehqonchilikka katta eʼtibor qaratilib, Zarafshon daryosidan turli ariqlar (Qozonariq, Toyman arigʻi, Toʻgʻuzariq). Oqdaryo va Qoradaryodan yangi ariqlar chiqarilgan hamda boshqa sugʻorish inshootlari qurilgan. Shohmurodning oʻzi Samarqandni qayta qurish tarkini chizgan. Shohmurod shaharda 24 ta mavze qurib, mamlakatning sharqiy viloyatlaridan bu yerga aholini koʻchirib keltirgan. Gʻuzorda madrasa va masjid qurdirgan. Shuningdek, Shohmurod hukmronligi yillarida Doniyolbiy davrida boshlangan Xalifa Xudoydod majmuasi qurilishi davom ettirilgan.
Sh. Joʻybordagi Eshoni Imlo qabristonida piri Shayx Safar qabri oldida dafn etilgan.
Ad.: Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, T.. 2001.
Qahramon Rajabov.