SHOʻRKUL SUV OMBORI — Buxoro viloyatidagi suv ombori. Zarafshon daryosidan maxsus qazilgan kanal orqali kuzqish mavsumida toʻldiriladi. 1977— 80 yillarda qurilgan. Umumiy hajmi 170 mln. m3, toʻgʻoni bal. 14,5 m, maksimal suv oʻtkazish imkoniyati 35 m3/s. Buxoro viloyatidagi Gʻijduvon, Navoiy viloyatidagi Konimex va boshqalar tumanlardagi 35 ming ga ekinzorlarni sugʻoradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые