SHLIMAN (§spIetapp) Genrix (1822. 6.1 — 1890.26.12) — nemis arxeologi. 1863 yil tijorat ishlarini tashlab Gomer dostonidagi yerlarni axtarish bilan shugʻullangan. 1869-yil qadimiy Troya oʻrni Kichik Osiyodagi Hisorlik (Gissarlik) tepada boʻlgan degan fikrni bildirgan. U yerda 187073, 187879, 188283, 1889—90 yillarda, shuningdek, Mikena (1876), Itaka o. (1878), Orxomen (188086), Tirinf (188485) da qazish ishlari olib borgan. Sh. Gomer dostoni faktik asosga ega ekanligini isbotlagan, shuningdek, egey madaniyati (kritmiken madaniyati)ni ochgan. Bu madaniyat Sh. vafotidan soʻng G. Evans tomonidan tadqiq etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые