SHISHKIN Ivan Ivanovich

SHISHKIN Ivan Ivanovich [1832.13(25). 1, Tatariston, Yelabuta — 1898.8(20).3, Peterburg] — rus rassomi, realistik manzara janrining yirik namoyandasi; Peredvijniklar uyushmasi asoschilaridan. Moskva rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik bilim yurti (1852—56) va Peterburg BA (1856—65)da taʼlim olgan. Peterburg BA akad. (1865), prof. (1873), manzara ustaxonasining rahbari (1894 — 95). Shishkin ijodining ilk davrida romantik manzara anʼanalariga ergashdi («Valaam oroli manzarasi», 1858 va boshqalar); 1860y. lardan kolorit va nurdagi shartlilikni yengib, ijodining yetakchi mavzuiga aylangan rus tabiatining ulugʻvorligi, koʻrki, oʻrmon manzaralarini obyektiv tasvirladi hamda peredvijniklarning asarlariga hamohang monumental va hayotbaxsh obrazlarni yaratdi («Kesilgan oʻrmon», 1867; «Bugʻdoyzor», 1878; «Cheksiz oʻrmon», 1884; «Qayinzor», 1886; «Emanzor», 1887 va boshqalar).

Shishkin rasm ustasi boʻlgan, uning rangtasvirga yaqin ofortlari rus tasviriy sanʼatida grafikaning ushbu turini qaytadan tiklanishiga asos boʻldi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x