SHISHAKRISTALLIT — shishani kristallash natijasida olingan sunʼiy polikristall material. Shishakristallit kristall va qoldiq shisha fazalaridan iborat. Kristallarning oʻlchamlari, odatda, 1 mkm gacha, konsentratsiyasi esa keng oraliqda (hajmga nisbatan 20—90%) boʻladi. Shishakristallit olishda qayta qizdirish paytida maʼlum bir kristall fazalar (mas, kordiyerit, spodumen, vollastonit va boshqalar) hosil qiladigan shishalardan foydalaniladi. Baʼzi hollarda Shishakristallit mayda donador shisha boʻlakchalarini kristallash yoʻli bilan tayyorlanadi. Qizdirish natijasida shisha boʻlakchalari kristallanadi, bir-biriga yopishib polikristall tuzilishga ega boʻlgan yaxlit materialga aylanadi. Kristallanish jarayonida avval shishada kristallanish markazlari hosil boʻladi, soʻngra kristallarning oʻsishi roʻy beradi. Kristallanish jarayonini tezlashtirish maqsadida shisha tarkibiga metall holdagi (Si, A§, Ai, 51, R1 va boshqalar) yoki metallmas katalizatorlar (TYU2, R205, Sg203, 2g02, 2p0, ZpO,, Ґ03, Mo03, Se02, ftoridlar, selenidlar va sulfidlar) kiritiladi. Shishasozlikning rivojlanishi natijasida Shishakristallitning izdoshlari 2 fazali shishalar (boʻgʻiq shishalar, Reomyur chinnisi, fotosezgir shishalar) ham ishlab chiqarilmoqda. Shishakristallit xalqxoʻjaligining koʻpgina sohalarida, qurilishda, kimyo, togʻkon ishi, elektrotexnika sanoatlarida qoʻllanadi. Shishakristallit Ruminiyada — «rumin chinnisi», AQSH da — «pirokeram», Rossiyada — «sitall», Germaniyada — «vitrokeram», Chexiyada — «riston», Vengriyada — «minelbit», Polshada — «kvaziglaz» nomi bilan yuritiladi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии