SHIRVON TEKISLIGI, Shirvon dashti — Ozarbayjondagi KuraAraks pasttekisligining bir qismi. Kura daryosining chap sohili boʻylab joylashgan. Bal. 16 m dan 100 m gacha. Gʻarbdan sharqqa nishab. Yer yuzasi, asosan, tekis, faqat baʼzi joylarida antiklinal strukturaga ega, bal. 200 m gacha boʻlgan qirlar, balchiqli vulkanlar konuslari koʻtarilgan. Iqlimi keskin kontinental. Yiliga 200—350 mm yogʻin tushadi. Boʻz va boʻzoʻtloq tuproqlarda, asosan, shuvoq, shoʻralar oʻsadi. Sugʻoriladigan joylarida paxta, gʻalla va boshqalar ekinlari ekiladi. Chorvachilik, tokchilik rivojlangan. Sugʻorish uchun Mingechaur suv omboridan Yuqori Shirvon kanali oʻtkazilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые