SHIRVON

SHIRVON — Shim. Ozarbayjonda, Kaspiy dengizining gʻarbiy sohilida joylashgan tarixiy viloyat. «Shirvon» atamasi — «Sharvan» shaklida sosoniylar davrida (226—651) qadimiy Kavkaz Albaniyasi, keyinchalik Arronini bir qismini anglatish uchun qoʻllanilgan. 654 yil Sh. arablar tomonidan egallangan va keyinchalik Shaybon qabilasidan boʻlgan arab noiblarining merosiy mulkiga aylangan. Shirvonni 799—1538-yillarda shirvonshohlar sulolasi boshqargan. Ularning davrida Shirvon hududiga Kura daryosidan Darband shahrigacha boʻlgan yerlar kirgan. Poytaxti — Shemaxa shahri Saljuqiylar bosqini vaqtida Shirvon Ozarbayjon mustaqilligi uchun kurash markaziga aylangan. 12—13-asrlarda ushbu kurash jarayonida Shirvon Gruziya bilan yaqinlashgan. 15-asr oʻrtasida Shirvon ancha kuchaygan. U ipak yetishtirish va toʻqimachilikning markazlaridan boʻlib, xalqaro savdoda muhim rol oʻynagan. Shirvon, shuningdek, yirik madaniy markaz boʻlib, unda Nizomiy, Xoqoniy. Falakiy va boshqalar ijod qilganlar. Sifaviylar davlati kuchayishi bilan Shirvon ularga qaram boʻlib qolib, 1538-yil shirvonshohlar hokimiyati barham topgan. Shirvon Safaviylar davlatining viloyatiga aylangan. 1748-yil Shirvon hududida mustaqil Shirvon xonligi barpo etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x