SHIRINQULOV

SHIRINQULOV Toshpoʻlat (1937, Qoʻshrabot tumani) — mexanik olim, Oʻzbekiston FA akad. (1994), texnika fanlari d-ri (1970), prof. (1974). SamDU ni tugatgan (1960). Oʻzbekiston FA Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi intida ilmiy xodim (1960—70), ToshPI da kafedra mudiri (1973—75), qishloq qurilishi fti dekani (1974—75), Samarqand meʼmorchilik va qurilish iiti rektori (1975—86), shu intda kafedra mudiri (1980-yildan), Oʻzbekiston FA Prezidiumi aʼzosi (1993—2001).

Ilmiy ishlari, asosan, gruntlar mexanikasi, deformatsiyalanuvchi zamindagi muhandislik konstruksiyalarini hisoblash, inshootlar mustahkamligi va poydevorsozlik masalalarining ilmiy asoslarini yaratishga bagʻishlangan. Shirinqulov qurilish konstruksiyalari materialining yoyiluvchanligini va deformatsiyalanuvchi asosning reologik xususiyatlarini hisobga olgan holda balkalar va ramali konstruksiyalarning hisobi nazariyasiga katta hissa qoʻshgan. As: Metodm raschyota konstruksii na sploshnom osnovanii s uchyotom polzuchesti, T., 1969; Raschyot injensrnmx konstruksiy na uprugom neodnorodnom osnovanii, T., 1986.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x