SHIMOLIY QOZOGʻISTON VILOYATI

SHIMOLIY QOZOGʻISTON VILOYATI — Qozogʻistonning shim. qismidagi viloyat. 1936 yil 29-iyulda tashkil etilgan. Mayd. 44,3 ming km2. Aholisi 691,6 ming kishi (2002), asosan, qozoq va ruslar, shuningdek, ukrain, tatar, belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 42%. 13 tumanga boʻlingan, 5 shahar, 4 shaharcha bor. Markazi — Petropavlovsk shahri Muhim shaharlari: Petropavlovsk, Bulayevo, Mamlyutka, Sergeyevka.

Viloyat Gʻarbiy Sibir tekisligining jan. chekkasi va Qozogʻiston past togʻlarining jan. qismida joylashgan. Shim. sharqdan (115 — 120 m) jan. va jan. sharqqa (200 m) balandlashib boradi. Iqlimi keskin kontinental. Qishi sovuq va uzoq (5 oydan ortiq), kamqor; yozi issiq, quruq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —18,5°, — 19,5°, iyulniki 18,5—19,5°. Yiliga 300—340 mm yogʻin tushadi. Daryolari Ob havzasiga mansub. Ishim daryosining oʻrta oqimi viloyat hududidan oʻtgan. Viloyat oʻrmonli dasht va dasht zonalari oraligʻida joylashgan. Koʻp qismining tuprogʻi qoratuproq. Viloyat hududining 8% oʻrmon. Los, sibir yeligi; yirtqichlardan boʻri, tulki; quyon, uzunburuncha, tipratikan uchraydi. Ondatra iqlimlashtirilgan.

Asosiy sanoat tarmoqlari — mashinasozlik, oziqovqat, yengil sanoat. Sanoat korxonalarining koʻp qismi Petropavlovskda joylashgan. Mashinasozlik zdlarida magnitofon, mineral oʻgʻit sochuvchi traktor tirkamalari, ichki yonuv dvigatellari va boshqalar ishlab chiqariladi. Mashina taʼmirlash zdlari, Petropavlovsk goʻsht kti, un, moy, pishloq, likyoraraq, sut zdlari, tikuvchilik, sport mollari fkalari, koʻn, yelim zdlari, temirbeton buyumlari, gʻisht zdlari, uysozlik k-ti va boshqalar ishlab turibdi.

Q. x. da gʻallachilik va sutgoʻsht chorvachiligi asosiy oʻrinda. 1954—60 yillarda 1,3 mln. ga qoʻriq yer oʻzlashtirildi. Ekin maydonlariga don, kartoshka va sabzavotpoliz, yemxashak, texnika ekinlari, bahori bugʻdoy, arpa, suli, grechixa, qisman tariq ekiladi. Xoʻjaliklarda qoramol, choʻchqa, qui va echki, yilqi, parranda boqiladi.

Shimoliy Qozogʻiston Viloyati hududidan TransSibir t. y. oʻtgan. T. y. uzunligi 470 km. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllar uz. 1645 km. Havo yoʻllari Petropavlovskni Ostona, Moskva, Olmaota hamda Sibirdagi shaharlar, shuningdek, Kavkazdagi kurortlar va boshqalar shaharlar bilan bogʻlaydi. Petropavlovsk ped. instituti, Shim. chorvachilik ilmiy tadqiqot inti, oʻlkashunoslik muzeyi, drama teatri, filarmoniya va boshqalar madaniyat muassasalari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x