SHIMOLIY OROL

SHIMOLIY OROL — Tinch okeandagi orol, Yangi Zelandiyaning shim. qismi. Janubiy oroldan Kuk boʻgʻozi orqali ajralgan. Mayd. 115 ming km2. Gʻarbiy va sharqiy sohillari togʻlardan, markaziy qismi vulkanik platodan iborat. Issiq buloqlar, geyzer va issiq suvli koʻllar bor. Iqdimi subtropik, dengiz iqlimi. Yangi Zelandiyaning eng uzun daryosi (Uaykato, 354 km) va eng katta koʻli (Taupo, 612 km2) Shimoliy orol da. Hududining katta qismi ekin maydonlari va yaylovlardan iborat. Oʻrmonlar bor. Mamlakat aholisining 70% dan koʻprogʻi Shimoliy orolda yashaydi. Shimoliy orol — Yangi Zelandiyaning asosiy chorvachilik r-ni. Goʻshtsut chorvachiligi rivojlangan. Muhim shaharlari: Vellington, Oklend, NyuPlimut. Orolga dastlab yevropaliklardan 1642-yilda A. Tasman borgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x