SHIMOLIY HUDUD

SHIMOLIY HUDUD — Avstraliyaning shim. qismidagi maʼmuriy birlik. Mayd. 1,4 mln. km2. Aholisi 196,3 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Darvin shahri Hududining katta qismini bal. 200—300 m li plato egallaydi. Iqlimi shim. da tropik mussonli va jan. da choʻl iqlimi. Shimoliy hudud mamlakatning nisbatan kam rivojlangan va aholi siyrak joylashgan r-ni. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — konchilik sanoati va chorvachilik. Marganes rudasi, boksit, oltin, mis va temir rudalari, kumush va qalay qazib olinadi. Chorvachilikda, asosan, qoramol boqiladi. Dehqonchilikda yer yongʻoq, sorgo, banan, apelsin, sabzavotlar yetishtiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x