SHIMOLIY-GʻARBIY ChEGARA VILOYATI

SHIMOLIY-GʻARBIY ChEGARA VILOYATI — Pokistonning shim. gʻarbiy qismidagi hududiy birlik. Afgʻoniston bilan chegaradosh. Mayd. 74,5 ming km2. Aholisi 17,5 mln. kishi (1998). Maʼmuriy markazi — Peshovar shahri Relyefi, asosan, togʻli. Shim. da Hindukush tizmalari (eng baland joyi 7690 m, Tirichmir togʻi) va Himolay togʻining gʻarbiy tizmalari joylashgan. Gʻarbiy qismi choʻl landshaftli past togʻlar va platolardan iborat.

Iqtisodiyotida q. x. yetakchi. Asosan, bugʻdoy, sholi, paxta, makkajoʻxori, tamaki va qand lavlagi ekiladi, shuningdek, sabzavot va mevalar yetishtiriladi. Oziqovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari, mexanika ustaxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan (asosan, kulolchilik va uyroʻzgʻor buyumlari tayyorlash). Toshtuz va ohaktosh qazib olinadi.

Sh. Gʻ. ch. v. 1901-yilda Panjob viloyatining bir qismidan tashkil etilgan. 1947-yildan Pokiston hududi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x