SHIGʻOVUL, shagʻovul — saroy mansabi.
1) Buxoro xonligida elchilarni xon qabuliga olib kiruvchi mansabdor shaxs. Sh. saroydagi qabul marosimlarini boshqargan va nazorat qilgan; 2) Xiva xonligida mehtarning yordamchisi boʻlib, ajnabiy elchilarni qabul qilish va ularning taʼminoti bilan shugʻullangan. Shigʻovul larning faoliyati «buxrilar» (aygʻoqchilar) faoliyati bilan yaqindan bogʻliq boʻlgan. Shigʻovullar mustaqil ravishda dishtomatik muzokaralar olib borishmagan.