ShERPLAR, sherpa — xalq. Sharqiy Nepalning (100 ming kishi, 1990-y. lar oʻrtalari) Jomolungma (Everest) togʻi atrofida, shuningdek, Hindiston (Darjiling vodiysida, 15 ming kishi)da yashaydi. Tibetbirma til guruhiga mansub tilda soʻzlashadi. Hukmron din — buddizm (ningmapa sektasi). Sherplar oʻrta asrlarda Bosh Himolay togʻlaridan jan. roqqa koʻchib kelgan tibetliklar avlodi; tili va madaniyatiga koʻra tibetliklarga qardosh. Nepalda Sherplar dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadilar. Oʻtmishda Nepal va Tibet oʻrtasidagi savdoda vositachilik qilishgan. Hindiston va Sikkimda Sherplarning asosiy mashgʻuloti — savdosotiq va togʻ choʻqqisiga koʻtarilishda yuk tashuvchi sifatida qatnashish. Sherplar qishloqda jamoa boʻlib yashaydilar, 18 ta ekzogam klanlar (ru)ga boʻlinishgan; kichik monogam oila saqlangan, lekin poliandriya (bir necha akaukaning bitta xotini bor), poligamiya ham uchraydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые