ShEROLGʻIN, tarxun — murakkabguldoshlar oilasi shuvoqlar turqumiga mansub koʻp yillik oʻsimlik turi. Yevrosiyo va Shim. Amerika, Sibir, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda keng tarqalgan. Koʻplab mamlakatlarda ziravor ekin sifatida ekiladi. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida togʻlar etagidan to yuqori qismigacha boʻlgan shagʻalli qiyaliklarda oʻsadi. Boʻyi 80 sm, poyasi bir nechta, tik, sargʻish yoki qizgʻish. Barglari butun, nashtarsimon, yosh barglari tuk bilan qoplangan. Gullari mayda ochsariq yoki qizgʻish, roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi toʻq jigarrang yoki qoramtir pista. Sh. ning gullab turgan yuqori qismi va barglari tarkibida efir moyi (0,1—0,72%), karotin (15—41,8 mg%), S vitamini (190 mg%), oz miqdorda alkoloidlar va boshqalar bor. Oʻzbekistonda 1988-yildan barcha viloyatlar uchun r-nlashtirilgan Gribovskiy (N31) navi ekiladi. Xalq tabobatida yer uyetki qismi ishtaha ochish, ovqat hazm qilishda hamda istisqo, lavsha va boshqalar kasalliklarni davolashda qoʻllaniladi. Gijja haydash xususiyatiga ham ega. Xushboʻy va xushtaʼmligi tufayli oshkoʻk sifatida ham foydalaniladi. Uni chorva mollari xush koʻrib yeydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые