ShEROBOD TUMANI

ShEROBOD TUMANISurxondaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Tuman shim. dan Boysun, shim. sharqsan Bandixon, sharqdan Qiziriq, jan. dan Muzrabot, jan. sharqdan Angor tumanlari, shim. gʻarbdan Qashqadaryo viloyati, gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Mayd. 2,73 ming km2. Aholisi 134 ming kishi (2003). Sherobod tumanida 1 shahar (Sherobod), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Boʻston, Zarabogʻ, Oqqoʻrgʻon, Rabotak, Sariqamish, Seplon, Talashqon, Chinobod, Yangiturmush) bor. Markazi — Sherobod shahri.

Tabiati. Relyefi tekislik, adir va togʻlikdan iborat. Tekislik qismi choʻl landshaftli. Tuman gʻarbida Koʻhitang togʻ tizmasi (eng baland joyi Ayri ota choʻqqisi, 3139 m), togʻlar orasida Zarabogʻ va Pashxoʻrd botiqlari joylashgan. Janubiy gʻarbidan shim. sharqqa tomon SherobodSariqamish qirlari oʻtadi. Foydali qazilmalardan katta zaxiraga ega boʻlgan osh tuzi, oltingugurt, qoʻmir, yonuvchi slanes, marmar, granit va qurilish materiallari konlari mavjud. Iklimi quruq subtropik iqlim. Yillik oʻrtacha tra 18°. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi tekislik qismida 3,6°, togʻlarda —6°, eng past tra —20°. Iyulning oʻrtacha t-rasi 32,1°, eng yuqori tra 48°. Yiliga 150 mm yogʻin tushadi, gʻarbiy togʻ oldi zonasida 500 mm ga yetadi. Vegetatsiya davri 266 kun. Tuman hududidan Sherobod daryosi va uning Maydon, Ilonsoy, Laylagonsoy irmoqlari oʻtadi. Tumanning jan. chegarasi boʻylab Zang kanali, sharqdan Sherobod magistral kanali oqadi. Oqtosh, Dashxoʻrd, Zarabogʻ qishloqlari atroflarida qadimda foydalanib kelinayotgan korizlar bor. Tekislikda och va toʻq boʻz tuproqlar, adirlarda arid, togʻlarda sur tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan archa, mavrak, kiyikoʻt, togʻ rayhon, kovrak, shuvok, Vandob qishlogʻi atroflarida shirinmiya, zanjabil, rovoch va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, jayran, kalamush, qoʻshoyoq, yumronqoziq, jayra, koʻrsichqon, toʻqayzorlarda toʻqay mushugi, qobon, chiyaboʻri; qushlardan kaklik, mayna, qaldirgʻoch, soʻfitoʻrgʻay, chil, koʻrshapalak, gʻoz, oʻrdak; sudraluvchilardan, oʻqilon, gekkon, koʻzoynakli ilon va boshqalar yashaydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar (95,9%), shuningdek, tojik, rus, turkman, tatar, qozoq, koreys va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km2 ga 50 kishi.

Xoʻjaligi. Tumanda paxta tozalash, keramika, gʻisht, un zdlari, MTP, «Xoʻjaikon» tuz koni, «Kampirtepa» granit karyeri, 130 dan ziyod xususiy firma, 16 aksiyadorlik jamiyati, dehqon bozori, qurilish va transport korxonalari, 250 savdo, 170 maishiy xizmat, 50 jamoa ovqatlanish obyektlari bor. Q. x., asosan, paxtachilik, gʻallachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Sabzavotchilik, polizchilik, pillachilik ham rivojlangan.

Sherobod tumanida 11 shirkat, 3 dehqon fermer xoʻjaliklari uyushmasi, 256 fermer, 1 asalarichilik, 2 qorakoʻlchilik xoʻjaliklari mavjud. Sugʻoriladigan yerlarning 16,5 ming gektariga paxta, 13,4 ming gektariga gʻalla ekiladi. Shuningdek, kartoshka, sabzavot va poliz mahsulotlari, uzum, meva ham yetishtiriladi. 24,7 ming gektar yer oʻrmonzor, 2,2 ming gektar yer koʻp yillik daraxtzor, 127 ming gektar yer yaylov bilan band (2003).

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 32,6 ming qoramol (shu jumladan, 15,3 ming sigir), 122,6 ming qoʻy va echki, 57,3 ming parranda, 800 dan ziyod yilqi boqiladi.

Tumandagi 65 umumiy taʼlim maktabida 37 ming oʻquvchi taʼlim oladi (2003), 4 kasb-hunar kolleji, akademik litsey, madaniyat va istirohat bogʻi, 7 klub va madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, markaziy kutubxona va uning tarmoqlari mavjud. 2 stadion, 18 sport zali, 316 sport maydonchasi, sport majmuasi faoliyat koʻrsatadi. 5 kasalxona (shu jumladan, 2 tasi qishloqda), 24 ambulatoriyapoliklinika, 51 feldsherakusherlik punkti, 10 qishloq vrachlik punkti, tez yordam punkti, 13 dorixona aholiga xizmat koʻrsatadi. Tibbiy muassasalarda 165 vrach, 1137 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.

Tuman hududida «Oqtosh» va «Vandob» sanatoriy va sogʻlomlashtirish oromgohlari joylashgan.

Sherobod—Qumqoʻrgʻon, Sherobod — Angor—Termiz va boshqalar yoʻnalishlarda avtobuslar qatnaydi. Arxeologik topilmalar Sherobod tumani hududi qadimiyligini tasdiqlaydi.

Tuman hududida ibtidoiy sanʼatga tegishli Zaravutsoy rasmlari, Jarsoʻton va Jondavlattepa qadimiy shahar xarobalari, Nondahana inshooti (19 — 20-asr boshlari) bor.

Hoz. Sherobod tumani hududidan islom olamidagi mashhur muhaddis Imom Termiziy yetishib chiqqan. Tumanda Imom atTermiziy maqbarasi saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x