ShEROBOD KANALI

ShEROBOD KANALISurxondaryo viloyatidagi magistral kanal. 1966-yilda qurilgan. Umumiy uz. 27 km, bosh qismidagi suv sarfi 110 m3/sek. Viloyatning Sherobod va Qiziriq choʻllariga suv uzatadi. Janubiy Surxon suv omborining oʻng qirgʻogʻida qurilgan bosh suv olish inshootidan suv oladi. Kanal trassasining dastlabki 8 km Surxondaryoning oʻng qirgʻogʻi boʻilab va Toshkoʻpriksoy oʻzani tagidan 150 m uzunlikdagi 3 koʻzli (3×3,5 m) temirbeton quvurli dyuker orqali oʻtadi. Quyiroqda kanaldan Qumqoʻrgʻon kanaliga 10 m3/sek. mikdoridagi suvni tashlash uchun suv chiqargich oʻrnatilgan. 60-y. lar oxirida uning 12 km da Sherobod choʻlidagi 80 ming ga dan ortiq yerni suv bilan taʼminlovchi nasos styasi barpo etildi. 27km da kanal chap va oʻng tarmoqqa boʻlinadi.

Kanalning chap tarmogʻi Sherobod choʻlida yangi oʻzlashtirilgan yerlarni sugʻorishga xizmat qiladi. Uning oʻzaniga beton toʻshama yotqizilgan, uz. 29,6 km, suv sarfi 25 m3/sek. Oʻng tarmoq esa Sheroboddaryo tizimidagi yerlarni suv taʼminotini yaxshilashga xizmat qiladi, uz. 76,6 km.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x