ShELLING

ShELLING Fridrix Vilhelm Yozef (1775.27.1, Leonberg — 1854.20.8, Ragas, Shveysariya) — nemis faylasufi. Tyubengen untining ilohiyot f-tini tugatgan. Yena (1798 — 1803), Vyursburg (1803—06), Erlangen (182026) va Berlin (184146) untlarining prof. Myunxen FA aʼzosi. Shelling yangi davr tabiat falsafasiga, ayniyat va mifologiya falsafasiga asos soldi, falsafaning predmetini erkinlik deb belgiladi, keyinchalik shu asnoda Gegeltni emas, R. Shteyner, N. Berdyayev, Vl. Solovyov, A. Bergson oʻzlarining «erkinlik falsafasi»ni yoki falsafiy tizimlarini yaratdilar.

Shelling tabiatni dinamik qaramaqarshiliklarning birligi sifatida olib qaraydi; bu qarama-qarshilik yaxlitlikda uygʻunlashadi; tabiat — ulkan yirik organizm, uning taraqqiyoti ongli «Men»ni yaratishga qaratilgan. Shelling dunyoqarashida borliq va tafakkur ayniyatini, ideallik va reallik mosligini koʻrish mumkin. Uningcha, mif — faqat ongning emas, balki borliqning shakli. Haqiqiy din va haqiqiy falsafaga yoʻl mif orqali oʻtadi; mifologik tasavvurni shunchaki toʻqib chiqarilgan ertak deb, lekin hamma mifda ham aqliy yondashuv bor deb boʻlmaydi. Haqiqat falsafasida Shelling mohiyat bilan mavjudlik oʻrtasidagi farqni ajratishga intiladi; narsa nima, uning mohiyati qanaqa — buni bizga aql oʻrgatadi; narsaning mavjudligiga esa tajriba ishontiradi. Shelling tajribadan, narsalarning mavjudlik omilidan kelib chiqishni, borliqni tushuncha bilan qorishtirmaslikni taʼkidlaydi. U dastlab, Bibliyani tarixiytanqidiy oʻrganish lozim degan boʻlsa, keyinchalik bu fikrini xato deb hisoblagan. Shelling falsafasi ratsionallik bilan noratsionallikning uygʻunligi sifatida katta ahamiyatga ega. Asosiy asarlari: «Tabiat falsafasi uchun gʻoyalar» (1797), «Olamiy qalb toʻgʻrisida» (1798), «Tabiat falsafasi tizimining dastlabki xomakisi» (1799), «Tabiat falsafasi tizimi dastlabki xomakisiga kirish» (1799), «Transsendental idealizm tizimi» (1800), «Sanʼat falsafasi» (1802—05), «Inson erkinligi va u bilan bogʻliq narsahodisalar toʻgʻrisida falsafiy tadqiqot» (1809), «Mifologiya falsafasiga kirish» (1821—45), «Yangi falsafa tarixiga doir» (1822-27).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x