SHAYXONTOHUR GES — Chirchiq — Boʻzsuv suvenergetika traktidagi 19 gidroelektr styalardan biri. Toshkent sh. Shayxontohur tumanida joylashgan. Toshkent GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. Styada umumiy quvvati 3,6 MVt boʻlgan 3 gidroagregat oʻrnatilgan. GES qurilishi 1951-y. da boshlangan. 1953-y. da quvvati 1 MVt boʻlgan 2 agregati, quvvati 1,6 MVt boʻlgan 3agregati 1954-y. da ishga tushirilgan va 1955-y. yanv. da sanoat foydalanishiga qabul qilingan. Agregatlar turbinalari tik radikal oʻkdi.
GES Toshkent shahri sanoat korxonalarini elektr quvvati bilan taʼminlaydi. Quvvatlar 35 kVli kuchlanishda elektr uzatish liniyalari orqali yetkazib beriladi. 2003-y. da 22,1 mln. kVtsoat elektr energiya ishlab chiqarildi.