Shayx Najmiddin Kubaro

Naql qilurlarki, bir tujjor sayr etib yurardi, shunchaki, qiziquvchailik yuzasidan Hazrat Najmiddin Kubaro (Kubro) xonaqosiga kirdi. Hazratda qaviy holat erdi, nazarlari tushgan on tujjor valoyat (avliyolik) darajasiga yetdi. Hazrat unga irshod (ijozat xati berib, oʻz yurtingga borib, elni Tangri taolo yoʻliga boshlagʻaysen, deb tayinladi.

Naql eturlarki, bir kun xonaqohda Qurʼoni karimdagi “Kahf” (18-sura) surasi sharh etilardi. Suhbatda Najmiddin Kubaroniig shogirdi shayx Saʼdiddin Hamaviy ham bor edi. Shayx Saʼdiddin koʻnglidan hozirgi zamonda nazari itga taʼsir eta oluvchi ulugʻlar bormikan, degan fikr oʻtdi. Hazrat Najmiddinga uning bu xayoli maʼlum boʻldi va hazrat barcha asʼhobini ergashtirib, xonaqoh eshigiga bordi. Nogoh bir it kelib, dumini likillatib turdi. Hazrat Najmiddinning muborak nazari ul itga tushdi-yu, filhol itning ahvoli oʻzgardi. Va, shaharni tark etib, mozoristonni makon etib, boshini yerga surtar erdi. U qayon borsa, ellik-oltmish it unga ergashar, ul oʻtirsa, boshqalari ham atrofdan joy olib, oldingi oyoqlarini tavoze bilan tutishar, tovush chiqarmay, hurmatini bajo keltirardilar. Oqibat, ul it oʻlgach, shayx uni dafn qilib, qabri ustiga maqbara qurishni buyurgan.

Bir nazari bilan itga valoyat darajasini bagʻishlagan ulugʻ alloma, Sharqning yetuk faylasufi, shoir, avliyo, tariqat murshidi Ahmad ibn Umar Xevaqiy al Xorazmiy edi. Bu zoti sharif Shayx Najmiddin Kubaro nomi bilan olamga tanilgan. Zero, Najmiddin – dinning yulduzi, Kubaro – ulugʻlar (birlikda Kabir), buyuklar degan maʼnoni anglatadi. Hazrat Ahmad ibi Umar dinning yorqin yulduzi boʻlgan Kubaro (Kubaro, Kabir) deyilishiga bois shuki, Hazrat yigitlikda kim bilan ilm yuzasidan bahsu munozara qilsa, albatta yengarkan. Shu sabab Kabir, Kubaro, yaʼni – buyuk, degan nom olgan. Shayxning yana bir laqabi Shayx Valiytaroshdir. Yuqoridagi ikki rivoyatdan maʼlum boʻldiki, nazari kimga tushsa, ul zot valiylik darajasiga yetarkan. Shu bois Valiytarosh nomini ham olgan.

Naql qilurlarki, hazrat Najmiddin tushida Muhammad sallollohu alayhi vassallam hazratlarini koʻrdi va menga kuniya (laqab) bagʻishlang, deb iltimos qildi. Hazrat Muhammad adayhissalom unga Abduljannob nomini berdilar. Tushdan uygʻonib dunyodan ijtinob (yaʼni, chekinish, tark etish) kerakligini bildi.

Shayx Najmiddin Kubaro 1145 yilda tugʻilib, 1221 (22) yilda shahid boʻlgan.

Maʼlumki, butun dunyoda naqshbandiya, yassaviya, kubroviya tarpqatlarn keng tarqalgan. Shayx Najmiddin kubroviya tariqatining asoschisidir.

Naql qilurlarki, Najmiddin Kubaro “Sharhus-sunna”ni bir ustoz yonida oʻqirdi. Xonaqohga notanish darvish kirdi-yu, Najmiddinda kitob oʻqish majoli qolmadi. Darvish chiqib ketganidan soʻng, uning kimligini soʻradilar. Ul zoti muborak hazrat Bobo Faraj Tabriziy ekan. Ertasiga Najmiddin ustozi bilan Boboni ziyorat qilmoqqa bordi. Hazrat Bobo Faraj Tabriziy suhbat asnosida mutagʻayyirlanib vajohatida ulugʻlik zohir boʻldi va yuzlari oftobdek porladi, tanidagi libos chok-chokidan soʻtildi. Ancha fursatdan soʻng Hazrat Bobo avvalgi holatiga keldi va libosnni yechib, Najmiddnn Kubroga berdi va dediki, endi daftar (kitob) oʻqimoqni bas ayla, inshoolloh, butun olam sardaftari boʻlgʻaysen! Najmiddin Kubaro deydiki, holim oʻzgardi, vujudimda Haqdin oʻzga barcha narsa yoʻqoldi. Ertasiga ustoz dediki, “Sharhus-sunna”dan bir necha varaq qoldi, shuni oʻqib tugat. Soʻng ixtiyor oʻzingdadir. Najmiddin kitob oʻqimoqqa boshladi. Shunda, birdan Hazrat Bobo namoyon boʻlib, qoldi: “Kecha ilmul yaqinda mnng maizilni zabt etding, bugun yana ilm boshiga keldingmi?” Shayx Najmiddin oʻqishni tark etdi. Riyozatu xilvatga mashgʻul boʻldi. Laduniy ilm, – Alloh taollo xohlagan bandasiga beriladigan ilm, – gʻayb ilmi Najmiddinga ayon boʻla boshladi. Najmiddin aytganki: “Bu ilmlar yozulmasa, oʻz-oʻzidan oʻlib ketadi, deb oʻyladim. Shu bois Laduniy ilm sirini yoza boshladim.

Yana hazrat Bobo koʻrinib, dediki, Shayton senga vasvasa etmoqda. Bu ilm-sirni oshkora etma! Qoʻlimdagi qalamni tashladim”.

Shayx Najmiddin Bagʻdod, Misr, Iskandariya va boshqa shaharlarda boʻlib, taʼlim olgan. “Qomusul aʼlom”da yozilishicha, Shayx Ismoil ham Najmiddinga saboq bergan. Shayx Ammor Yosir ham Najmiddinning ustozlaridandir. Hazrat Najmiddin Shayx Roʻzbexoni Kabir Misrindan taʼlim olgan va Shayx Roʻzbexon qiziga uylangan. Shayx Najmiddinning ikki oʻgʻli boʻlganihaqida xabar mavjud.

Shayx Najmiddin Kubaro oʻnlab asarlar muallifi Jumladan, uning “Fi odobi solikin” (“Soliklar odobi haqida”), “Risolatul hoif ul-hoim an laamat il-loim” (“Qoʻrquvchi ovoralar va malomat etuvchi malomatiylar haqida”), “Favoteh-ul-jamol” (“Goʻzallikni egallash”), “Ruboiylar” kitoblari mashhur.

Moʻgʻul bosqinchilari Xorazmga kirishlaridan oldinroq, Shayx Najmiddin oʻzining oltmishdan ortiq muridini yigʻib: “Sizlar Xorazmni tark aylab, oʻz yurt-laringizga joʻnang. Mashriqdan otash kelmoqda, Magʻrib koʻyishi muqarrardur. Bu azim fitnadurki, bunga oʻxshashi hali boʻlmagan”, dedi. Asʼhoblaridan baʼzilari dedilarki, ne boʻlgʻayki, Shayx duo qilsalar, zero bu baloyu ofat moʻminlar boshidin daf boʻlsa. Shayx dedi: “Bu qazoyu qadardir, aning dafʼi duo bila boʻlmas”. Asʼhob dedi: “Ne boʻlgʻayki, Shayx bizga hamrohlik qilib Xuroson sori borsalar, toki biz mulozamatda davom etsak”. Shayx: “Menga ruxsat yoʻq. Men jangda shahid boʻlurmen!”, deb javob berdi.

Asʼhobning bir qismi Xorazmni tark etdi. Xorazmshoh moʻgʻul bosqinchilaridan qoʻrqib qochdi. Shayx xorazmliklarni dushmanga qarshi jangga boshladi. Shayx shahid boʻlayotgan paytda yov qoʻlidan bayrogʻini tortib oldi va shu darajada mahkam ushladiki, hatto oʻn kishilashib ham bayroqni Shayx qoʻlidan ola bilmagach, axiri bayroqni kesishdi.

Mavlono Jaloliddin Rumipning quyidagi baytlari oʻsha holatga ishoradur:

 

Mo az on muhtashamonem, ki sogʻar girand,

Na az on muflisonem, ki buzi logʻar girand.

Bo yake dast may sogʻari iymon noʻshaʼd.

Bo yake dasti digar parchami kofar girand.

 

Mazmuni: biz qulga sogʻar oluvchi ulugʻlardanmiz, biz muflis (past nazarli)lardan emasmizki, oriq echkini qoʻlga olsak. Bir qoʻlimizda iymon mayi toʻla sogʻar, ikkinchisida esa kofir bayrogʻini tutgaymiz.

Urganch halokatini Ibn Asir quyidagicha tasvirlaydi: “Moʻgʻullar toʻgʻonni ochib yubordilar, butun shaharni suv bosdi, hamma imoratlar buzildi… Shaharda… yashovchilardan hech kim omon qolmadi”.

Hazrat Najmiddin Kubaroning murid-shogirdlari koʻp boʻlgan. Ammo alardan nechasi jahonda yagona va zamonda muqtado (rahbar) va farzona (dono) edilar: Shayx Majiddin Bagʻdodiy, Shayx Saʼdiddin Hamaviy, Bobo Kamol Jandiy, Shayx Raziddin Ali Lolo, Shayx Sayfiddin Boxarziy (Shayxul olam), Shayx Najmiddin Roziy, Shayx Jamoliddin Geliy, Mavlono Valad… Mavlono Bahouddin Valad Jaloliddin Rumiyning yetasidir (A. Navoiy).

Kubraviya tariqati ham Qurʼoni karim va Hadisi sharifdagi taʼlimot asosida shakllangan. Komil insoini tarbiyalash bu tariqatning asosiy vazifasi boʻlgan. Shayx Najmiddin Kubaroning hayoti katta saboq, ulkan maktabdir.

Tariqat pirlarining tarbiyasi bois oʻtmish ajdodlarimiz xush xislat, ulugʻ fazilat egasi edi. Arab sayyohi ibn Batuta “Safarnoma” kitobida shunday yozgan: “Men dunyoni kezib, bunday mardlardan koʻra ezgu niyatli va ezgu xulqli kishilarni koʻrmadim. Sheroz va Isfahon aholisi garchi oʻzlariii javonmardlarga oʻxshatsalar-da, ammo Xorazm va Movarounnahr javonmardlari musofirlarni siylash va mehmondorchilikda ulardan baland turadilar. Ularni Iroqda shotlar, Xurosonda sarbadorlar, Magʻrib (Andalusiya) da sukra deydilar. Ularga tobeʼ joylarda adolat rasmi rivojlangan”.

 

Sadriddin SALIM BUXORIY

 

Buyuk Xorazmiylar” (Toshkent, “Yozuvchi” nashriyoti, 1994) kitobidan.

https://saviya.uz/ijod/adabiyotshunoslik/shayx-najmiddin-kubaro/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x