SHAXTA PECHI

SHAXTA PECHI — ish boʻshligʻi yuqoriga tik choʻzilgan sanoat pechi; koʻndalang kesimi doira (silindrik, konussimon) yoki toʻgʻri toʻrtburchak shaklda boʻladi. Ishlov beriladigan material (shixta) yuqoridan solinadi, tayyor mahsulot esa pastdan olinadi; yoqilgʻining gazsimon yonish mahsulotlari yuqoridan tushib kelayotgan materialga qarshi harakatlanadi. Shaxta pechi, asosan, rudalardan metallar olishda (mas, Domna pechi), metall eritishda (q. Vagranka), oʻtga chidamli xom ashyoni qattiq qizdirishda ishlatiladi. Shuningdek, metallarga termik ishlov berish uchun elektr qarshilikli Shaxta pechi qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x