SHAXS DAXLSIZLIGI (OʻzRda) har bir kimsaning tugʻilganidan boshlab tan olinadigan uzviy huquqi. Shaxs daxlsizligi jismoniy, axloqiy va maʼnaviy jihatlarga ega. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga va boshqalar bir qator xalqaro huquqiy hujjatlarga binoan, Shaxs daxlsizligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2boʻlimida batafsil ifodalangan va qonunlar bilan barchaga teng ravishda kafolatlangan. Shaxs daxlsizligini hamma shaxslarga, shu jumladan, ajnabiy mamlakatlardagi OʻzR fuqarolariga nisbatan taʼminlash davlat zimmasidadir. Biror huquq va erkinlikdan sud qarorisiz mahrum etishga yoxud ularni cheklashga hech kim haqli emas. Hech bir shaxs qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi, qamoqda saqlanishi, ozodlikdan mahrum qilinishi, qiynoqqa solinishi, jismoniy yoki ruhiy zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadrqimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. Shaxsda uning roziligisiz tibbiy yoki boshqacha tajribalar oʻtkazish qatʼiyan taqiqlanadi. Shaxs daxlsizligiga tajovuz qilish — insonning ozodligi, shaʼni, qadrqimmati, konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi jinoyat hisoblanadi (JK, 135-149-moddalar).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые