Albatta beg`ubor hayotga hamma intiladi,
A kimdir esa qashshoqdan sultonga aylanadi.
Ha, umr beg`araz chiziqlardan ham iboratdir,
Hamma bir pasda yolg`onning quliga aylanadi.
Mani hayot majbur qiladi,
Nega bizni shartlariga ko`ndiradi?
Hamma toshbag`ir, lekin mehrga tashna,
Bo`laman goh vaqtda iblis, goh vaqtda farishta.
Intilganim, so`raganim – qani adolat?
Ter to`kkanim, izlaganim bo`lsin – haqiqat!
Nohaqga nohaq, rostgo`yga rostgo`y,
Mehrga mehr, nafratga nafrat.
Kimda boylik, kimda mansab,
Kimda zorlik, kimdadir hasad.
Kimda boylik, kimda mansab,
Kimda zorlik. (x2)
Qarama-qarshilikka o`rganib qolgan ekanman,
Bilgin, hamma narsani bilib, ko`rib qo`yganman.
Qalbim pok, so`raganim kelar baraka,
Zulmatga bo`yin egma hech qachon.
Shon-shuhrat va boylig-u taxt,
Aniq shu ekanmi bu bir kam dunyoda baxt?
Izlab topib olganlarim faqatgina afsus,
Iymon, insof, hurmat, izzat yo`q.
Lekin qalb ila ishonaman, bilaman,
Yuguraman, intilaman, boraman olg`a.
Nohaqga nohaq, rostgo`yga rostgo`y,
Mehrga mehr, nafratga nafrat.
Kimda boylik, kimda mansab,
Kimda zorlik, kimdadir hasad.
Kimda boylik, kimda mansab,
Kimda zorlik. (x4)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.