Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.
Ushbu asar kitobxonlarda Yangi O‘zbekistonning zamonaviy demokratik qiyofasi qanday yaratilayotgani, mamlakatni yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarish uchun belgilab olingan strategik yo‘l to‘g‘risida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradi.
Kitob yetti bobdan iborat bo‘lib, 10 ming nusxada nashr qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Shavkat Mirziyoyev asarlari va ma’ruzalaridagi fikrlar jamlanmasi kitob sifatida nashr etilgan, shuningdek, “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” nomli yangi asari chop etilgan edi.
daryo.uz