SHARTLI HUKM — jinoyat huquqida nazarda tutilgan jinoyathuquqiy choralardan biri. Oʻzbekiston Respublikasi JKga koʻra, agar sud ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga joʻnatish, xizmat boʻyicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazolarini tayinlash vaqtida sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxei va ishdagi boshqa holatlarni eʼtiborga olib, aybdor tayinlangan jazoni oʻtamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin, degan qatʼiy fikrga kelsa, Shartli hukm qoʻllanishi mumkin (JK, 72modda). Shartli hukm qoʻllanilayotganda sud sinov muddati belgilaydi, ana shu muddat davomida Shartli hukm qilingan shaxs oʻzining xulqi bilan tuzalayotganligini isbotlashi kerak. Sinov muddati 1 y. dan 3 y. gacha belgilanadi va xukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Shartli hukm qilingan shaxslarning xulqi ustidan ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilar xulqi ustidan esa, harbiy qism yoki muassasaning qoʻmondonligi nazorat olib boradi. Ana shu nazorat olib boruvchi organning takdimi bilan sud sinov muddati davomida hukm qilingan shaxsga yuklatilgan majburiyatlarning hammasini yoki bir kismini olib tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar yuklashi ham mumkin. Shartli hukm oʻta ogʻir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek, ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga xukm qilinganlarga nisbatan qoʻllanmaydi, 18 yoshga toʻlmagan shaxslar, 1 va 2guruh nogironlari, ayollar, shuningdek, 60 yoshdan oshgan shaxslar bundan mustasno.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые