SHARQIY TAVR TOGʻLARI

SHARQIY TAVR TOGʻLARI — Turkiyaning jan. sharqidagi togʻlar. Gʻarbdan sharqqa 600 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 3090 m. Asosan, otqindi va choʻkindi jins (ohaktosh va qumtosh) lardan tuzilgan. Dajla, Furot daryolari hamda ularning irmoqlari bilan boʻlib yuborilgan. Iqlimi kontinental. Shim. quruq yon bagʻirlari etaklari chala choʻl, yuqorirogʻi dashtlardan iborat, sernamroq jan. yon bagʻirlarida makvis chakalakzorlari, yuqoriroqda dub oʻrmonlari va archazorlar hamda alp oʻtloqlari mavjud. Voha dehqonchiligi rivojlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x