Sharifa Salimova (1951)

Sharifa Salimova 1951 yil 30 dekabrda Toshkent viloyatining Parkent tumanida tavallud topdi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1969–1974). Mehnat faoliyatini Oʻzbekiston teleradiokomitetida boshladi (1974–1987). “Saodat” jurnali va “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida (1989–1994) xizmat qildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati sifatida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy faoliyatida faol ishtirok etdi. Shu yillarda adibaning turfa mavzu va muammolarga bagʻishlangan publitsistik maqolalari eʼlon qilindi.

Sharifa Salimovaning dastlabki sheʼriy guldastalari oʻtgan asrning 80-yillarida “Hayot zavqi” va “Mening bahorim” nomlari bilan chop etildi. Shoira ijodida “Xizr bulogʻi” (1996) toʻplami alohida ahamiyatga ega. U buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiyning 550 yilligiga bagʻishlangan “Tongga qasam” (2002) kitobidagi publitsistik maqolalarida davrimizning eng dolzarb masalalari shoirona til bilan qalamga olinadi. Shuningdek, “Giyohlar bilan tillashgan inson” (1997) publitsistik maqolalar toʻplami, “Vatan suvrati” (2011) sheʼriy majmuasi chop etildi.

Shoira rus, qozoq, qirgʻiz shoiralari ijodidan tarjimalar qilish bilan bir qatorda, islomshunos nemis shoiri Hadayatulloh Hyubsh sheʼrlarini oʻzbekchaga oʻgirib, “Oq atirgul” nomi bilan nashr ettirdi.

Sharifa Salimovaga 1994 yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni berilgan.

 

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

https://saviya.uz/hayot/tarjimai-hol/sharifa-salimova-1951/

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x