SHARIAT

SHARIAT (arab. — toʻgʻri yoʻl; islomda qonunchilik maʼnosida ishlatiladi) — islom huquqtizimi. Shariatda sof huquqiy masalalardan tashqari axloqiy meʼyorlar va amaliy diniy talablarga ham qonun tuyey berilgan. Shariatga musulmon kishi uchun dunyoga kelishidan to oʻlimigacha yurishturishini belgilovchi qoidalar toʻplami sifatida qaralgan. Ilk islomda jamiyatni huquqiy boshqarish Kurʼon asosida olib borilgan. Keyinroq musulmonlarning barcha ijtimoiyiqtisodiy, siyosiyhuquqiy va diniy faoliyatini kamrab oluvchi qonunlar majmuasiga ehtiyoj tugʻilgan. Islom xuquqshunoslari bir necha asr mobaynida Shariat meʼyorlarini ishlab chiqqanlar. Shariatga Kurʼon, sunna, ijmo va qiyos asos qilib olingan. Shariat huquqiy tizim sifatida 11 —12-a. larda tugal shakllangan. Bunda yozma va ogʻzaki diniy, madaniy, axloqiy, huquqiy, mahalliy urfodat va anʼanalarning taʼsiri boʻlgan.

Islomda sunniylik va shiayaikdagch Shariat tizimlari oʻrtasida muayyan tafovutlar bor. Sunniylikda hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik, hanbaliylik, shialikda esa jaʼfariylik mazhabining oʻziga xos huquqiy tartiblari mavjud. Shariatda davlat (xalifalik) xuquqi meʼyorlari, majburiyat, meros, jinoyat, jazo va oilanikox. huquqi, shuningdek, sud ishlarini yuritish, vasiylik koʻrsatmalari berilgan. Shariat xususiy mulkni xudo tomonidan belgilangan, doimiy va oʻzgarmas deb hisoblaydi. Shariatda barcha xattiharakatlar dastlab 2 turharom va halolga ajratilgan. Keyinchalik Shariat shakllanib tugallangan davrda 5 toifaga boʻlingan. Bular: farz yo vojib — bajarilishi muhim va majburiy hisoblangan xattiharakatlar (mas, namoz oʻqish, zakot berish); sunnat yo mustahab — majburiy emas, lekin maʼqul, lozim deb hisoblangan normalar (mas, uylanish, sadaqa berish); muboh yo joiz — ragʻbatlantirilmaydigan va uni bajarmaslik gunoh hisoblanmaydigan ixtiyoriy xattiharakatlar (mas, bitim, savdo shartnomalari tuzish, safar qilish, yemoq, ichmoq va b.); makruh — jazoga tortilmaydigan, ammo nomaʼqul hisoblanadigan xattiharakatlar (mas, soʻkinish, kattalarning hurmatini oʻrniga qoʻymaslik, suvni ifloslantirish, hayvonlarga haddan ortiq yuk ortish); harom — qatiy ravishda taqiqlangan xattiharakatlar (mas, choʻchqa goʻshti isteʼmol qilish, araq ichish, odam oʻldirish va b.). Sh. jinoyat uchun qatʼiy, shafqatsiz choralarni koʻzda tutadi.

Shariat ilmlari islom dini va unga bogʻliq boʻlgan masalalarni qamrab olgan. Bular tajvid (qiroat), tafsir, hadis, fiqh ilmlari, fiqhning farʼiy (juzʼiy) qismlari hamda kalom ilmidan iboratdir. Shariat ilmlari qatoriga arab tili va adabiyoti ham kiritiladi, chunki ularsiz Shariat ilmlarini oʻrganish mumkin emas, deb hisoblanadi (yana q. Musulmon huquqi).

Ad.: Burhoniddin Margʻinoniy, Hidoya, 1j., T., 2000; Abdulvahhob Xallof, Usul ul fiqh (Islom qonunshunosligi asoslari), 1—2qism, T., 1997; 3—4 qism. T., 1999; Abdulhakim Sharʼiy Juzjoniy, Islom huquqshunosligi, hanafiy mazhabi va Oʻrta Osiyo faqixlari, T., 2002; Saidov A. H., Burhoniddin Margʻinoniy — buyuk huquqshunos, T., 1997; Husniddinov 3., Islom: yoʻnalishlar, mazhablar, oqimlar, T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x