SHARH

SHARH (arab. — izohlash, tushuntirish) — 1) Kitob sharhi — kitobning matniga izoh berish, unga ilmiy izoh, maʼlumot beruvchi qismi. Asarlarda, tarjima va hujjatli nashrlarda matnning mazmunmohiyatini tushuntirib berishda qoʻllanadi. Sharh muallif, noshir, mutaxassis, tarjimon tomonidan tayyorlanib, maʼlum bir asar yoki matnning tarixi, uning boshqa voqea-hodisalarga, fanlarga, shaxslarga, zamon va makonga bogʻliqligi xususidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi. Sharhda muallif ishora etgan baʼzi voqea va faktlar, u yoki bu sabab bilan oshkora yozilmagan yoki yozilishi lozim topilmagan narsalar talqin qilinadi, baʼzi soʻz, soʻz birikmasi va iboralarning mohiyati ochib beriladi. Sharh qisqa va foydalanishga qulay boʻlib, odatda, matndan keyin alohida maqola yoki maʼlumot tariqasida joylashtiriladi. Mumtoz asarlarga Sharh alohida kitob shaklida berilishi ham mumkin; 2) jurnalistika janrlaridan biri. Ommaviy axborot vositalari (OAV)da ijtimoiysiyosiy, madaniy-maʼrifiy voqea-hodisalarning, hujjat va boshqa sh. ning mohiyati hamda ahamiyatini ommaga tezkorlik bilan tushuntirib, bayon qilib berishga moʻljallangan material turi. Sharhda faktlarni tahlil qilish, taqqoslash, fikrni dalillashning turli vositalaridan foydalanish, umumlashtirish, xulosa yasash kabi usullardan keng foydalanish mumkin. Berilish tartibi va bayon qilish uslubiga koʻra, Sharh radio, televideniye, matbuot va internet saytlari uchun alohida moʻljallangan boʻlishi mumkin. Bunday hollarda janr imkoniyatlaridan va OAV turidan foydalanib, Sharhning taʼsirchanligi, ahamiyatini oshirish mumkin boʻladi. Norali Ochilov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x