SHAQPAQTI (CHAQMOQLI) GAZ KONI — Qoraqalpogʻistonning Qoʻngʻirot tumanidagi kon. Qoʻngʻirot shahridan 220 km jan. gʻarbda. 1961 yil ochilgan, 1971-yil foydalanishga topshirilgan. Kon shim. gʻarbdan jan. sharqqa yoʻnalgan, oʻlchami 16×8 km li Shaqpaqti antiklinal burmasida joylashgan. Konda jami 14 ta quduq qazilgan, ular yura, boʻr, paleogen va neogen davri jinslarini ochgan. Yura (qalinligi 760—955 m) hamda boʻr yotqiziqlari (qalinligi 1370—1420 m) toʻq kulrang gil, alevrolit, qumtoshdan tarkib topgan. Paleogen davri jinslari 40 — 55 m li karbonat, qumtosh va mergeldan, neogen yotqiziqlari 100—115 m li gil va ohaktoshlardan iborat. Shaqpaqti (chaqmoqli) gaz konida gaz yura yotqiziqlarida boʻlib, 8 ta mahsudsor gorizont mavjud. Qumtosh va alevrolit jinslar kollektor vazifasini oʻtaydi. Gorizontlar 1700 — 2230 m oraliqda ochilgan. Qatlamning dastlabki bosimi 22,7 MPa, gaz debiti kuniga 114,6—510,0 ming/m3. Yura va boʻr yotqiziqlaridagi suvning minerallashganligi 125—205 g/l. Kondan foydalanilmoqda.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые