SHANXAY

SHANXAY — Xitoydagi shahar. Yanszi daryosi estuariysida, uning oʻng irmogʻi — Xuanpu daryosi boʻyida joylashgan. Mamlakatning aholisi eng koʻp shaxri, dunyo boʻyicha ham oldingi oʻrinlarda. Atrofidagi hududlar bilan alohida maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan. Aholisi 13,1 mln. Kishi (1998). Shanxay — Xitoyning yirik sanoat, transport va savdo markazi. Yirik dengiz va dare porti, mamlakat tashqi yuklarining yarmidan ortigʻi shu port orqali oʻtadi. T. y., avtomobil yoʻllarining muhim chorrahasi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining deyarli 15% Sh. ga toʻgʻri keladi. Sanoat yalpi mahsulotining 50% ni ogʻir sanoat beradi. Mashinasozlik sanoati rivojlangan: elektroenergetika, neft, toʻqimachilik, konchilik, poligrafiya, qogʻoz va oziqovqat sanoatlari uchun jihozlar, elektr jihozlari, radio va elektronika apparaturalari, avtomobillar, dengiz kemalari, stanoklar, kino va fotoapparatlar, soat va b. ishlab chiqariladi. Tashqaridan keltiriladigan xom ashyo hisobiga kimyo sanoati (mineral oʻgʻitlar, kislotalar, plastmassa, sintetik smola, rezina, farmatsevtika buyumlari i. ch.) rivoj topgan. Neft qayta ishlanadi. Jahondagi eng yirik toʻqimachilik sanoati markazlaridan. Oziqovqat, xususan, tamaki sanoati korxonalari ishlab turibdi. Hunarmandchilikda suyak, yogʻoch oʻymakorligi, tosh va metall buyumlar yasash, kashtachilik va toʻqimachilik rivojlangan. Yirik nashriyotlar, untlar, ped. intlari, Xitoy FA filiali, i. t. muassasalari, ilmiy jamiyatlar, rasadxona, kutubxonalar, muzeylar bor.

Shaharning markaziy qismi va asosiy sanoat rnlari Xuanpu daryosining chap sohilida. Markazdan jan. tomon shaharning tarixiy negizi hisoblangan qismi — Nandaoda meʼmoriy yedgorliklar, shuningdek, hunarmandchilik ustaxonalari joylashgan.

Shanxay oʻrnida qadimda baliqchilar otlogi boʻlgan. 16-a. dan savdo va hunarmandchilik markazi. 1842-y. dan Nankin shartnomasiga muvofiq, xorijiy savdo uchun ochiq deb eʼlon qilingan. 1854-y. dan Bukj Britaniya, AQSH va Fransiya egallab olib, 1937-y. gacha shahar bojxonasini boshqarganlar. 19-a. ning 2-yarmidan mamlakatning yirik sanoat va savdo markaziga aylanib bordi. 1937—45 y. larda Yaponiya qoʻshinlari bosib olgan.

Shaxar markazidagi binolar Yevropa meʼmorligi va milliy anʼanaviy uslublar uygʻunligida qurilgan. Meʼmoriy yodgorlikdardan (16—19-a. larga oid Linxua pagodasi, Chenxuanmyao va Yuyfesi (nefritli Budda haykali b-n) ibodatxonalari va b. saklangan.

Shanxayda xalqaro miqyosdagi uchrashuvlar oʻtkaziladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x