SHAMSUDDIN KULOL

SHAMSUDDIN KULOL, Shamsiddin Kulol (? — 1360-y. gacha, Kesh) — shayx. Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» asarida bergan maʼlumotiga koʻra, Amir Taragʻoyning piri. «U qadrli shayx Shamsuddin Kulolga sidqidildan ixlos qilardi va uning muborak kabriga (ziyorat uchun) teztez borib turardi», deb yozadi Ali Yazdiy. Shamsuddin Kulol tasavvufda suhravardiylik tariqatiga mansub boʻlgan. Ayni paytda u xojagon tariqatiga qam hurmat bilan qaragan. Sohibqiron Amir Temurning ham unga nisbatan ixlosi juda kuchli boʻlgan, saltanatni boshqargan chogʻlarida xam Shamsuddin Kulol qabrini ziyorat qilib turgan.

1373—74 y. Amir Temur Sh. K. qabri yonida bir gumbazmaqbara qurdiradi va otasining xokini oʻsha yerga koʻchirtirib, Shamsuddin Kulol qabrining qibla (gʻarb) tomoniga dafn etadi (q. Shamsuddin Kulol maqbarasi).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x