SHAMOT

SHAMOT (frans. chamotte) — oʻtga chidamli pishirilgan loy yoki kaolin. Asosan, glinozem va kremnezem (kremniy (P)oksid)dan iborat. Bu tarkibiy qismlar yuqori trlarga chidamli material (mullit; 3Al2O32SiO2) ni xreil qiladi. Shamotlar 1300—1500° trada plastikligi yoʻqolguncha pishirib tayyorlanadi. Shamotning suyuqlanish trasi 1810°. Tarkibida kremnekislotalar mavjudligi tufayli Shamot 1100—1400° trada yumshay boshlaydi. Tarkibida 30% glinozyom boʻlgan Shamotga oʻtga chidamli loy qoʻshib, oʻtga chidamli gʻishtlar (Sh. gʻishtlar) tayyorlanadi. Ular marten pechi tublarini, /sovshlarning ichki devorlarini, bugʻ qozonlarining tashqi qismlarini qoplash va b. da ishlatiladi. Tuyilgan Shamot oʻtga chidamli beton quyishda, bino gʻishtlarini terishda, haykaltaroshlikda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x