SHAMOLSIZ OROLLAR

SHAMOLSIZ OROLLAR, Janubiy Antil orollari — Karib dengizidagi vulkan va marjon orollar guruhi, Kichik Antil orollari arxipelagining jan. qismi. Tarkibida Aruba, Kyurasao, Bonayre, Aves va b. orollar bor. Mayd. 1,2 ming km2. Aholi, asosan, Kyurasao va Aruba o. larida yashaydi. Yirik orollar relyefi togʻli, maydalari — payettekislik. Iqlimi tropik, yillik yogʻin 500 — 600 mm. Doim yashil qattiq bargli oʻrmonlar va butazorlar bilan qoplangan. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. Sorgo, banan, batat plantatsiyalari bor. Qoʻy va echki boqiladi. Neft konlari topilgan. Yirik shaharlari: Villemstad va Oranyestad. Orollarga dastlab 1499-y. da yevropalik dengizchi sayyoxlardan A. Oxeda va A. Vespuchchi borgan. Orollar (Shamolli o. larga nisbatan) shim. sharqiy passat oqimiga nisbatan ters joylashganligi sababli Shamolsiz orollar deb nomlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x