SHAMOLLASH — organizm sovqotishi oqibatida kelib chiqadigan oʻtkir respirator kasalliklarning umumiy nomi. Havo haroratining pasayishi, namliganing ortishi va b. omillar Shamollashga sabab boʻladi. Shamollash kishining kuchquvvatini va organizmning mikroblarga karshi kurashish qobiliyatini susaytiradi. Shamollash deganda koʻpincha nafas yoʻli kasalliklari: tumov, katar, bronxit, zotiljam, gripp va b. tushuniladi. Shamollagan kishining eti uvishadi yoki sovqotadi, aksiradi, burni achishib suv keladi, isitmasi chiqadi, boshi ogʻrib, lohas boʻladi, darmoni quriydi.
Biror aʼzo shamollaganda koʻpincha uning nerv tomirlari va muskullari yalligʻlanib ogʻriydi, mas, radikulit, ishias, mialgiya, nevralgiya, yuz nervi falaji va b. Sh. organizm sezuvchanligining ortishi bilan kechadigan (allergik) kasalliklar, mas, boʻgʻim revmatizmi, ayrim surunkali xastaliklarga, mas, surunkali nefrit va b. zoʻriqishiga sabab boʻladi.