SHAHZODA EDUARD OROLI — Kanadaning sharqiy qismidagi provinsiya, San-Lavrentiy qoʻltigʻidagi shu nomli orolda. Mayd. 5,6 ming km2. Aholisi 139,9 ming kishi (2002). Maʼmuriy markazi va asosiy porti — Sharlottaun shahri Eng baland joyi 137 m. Igna bargli va keng bargli oʻrmonlar bor. Shim. sohillarida milliy bogʻlar tashkil etilgan. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — q. x. Kartoshka, shuningdek, sabzavot va mevalar, tamaki yetishtiriladi. Chorvachilik rivojlangan. Aholi moʻynachilik bilan shugʻullanadi. Baliq ovlanadi. Oʻrmonchilik va yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Turizm rivojlangan. Materik bilan t. y. paromi orqali bogʻlangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые