Sizni topdim men, siz – bu orzu,
Ko`zlarim bedor, inmas hech uyqu.
Sizni topdim men, bu ajib tuyg`u,
Hech so`nmasin, baxsh etdim mangu.
O`zingizni asrang begim,
Siz mening yuragim.
O`zingizni asrang begim,
Borlig`im, keragim.
O`zingizni asrang begim,
Alloh bersin to`zim.
O`zingizni asrang begim,
Begim…
Xushyor bo`ling siz, sanamlar ko`p,
Jafolari ham bo`lar to`p-to`p.
O`rtamizda bor chin ahdu-vafo,
Sizni soxta ishq qilmasin shaydo.
O`zingizni asrang begim,
Siz mening yuragim.
O`zingizni asrang begim,
Borlig`im, keragim.
O`zingizni asrang begim,
Alloh bersin to`zim.
O`zingizni asrang begim,
Begim… (x1+x2)
O`zingizni asrang begim…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.