SHAHRIXON TUMANI

SHAHRIXON TUMANIAndijon viloyatidagi tuman. 1926 yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Gʻarbdan Boʻz, shim. dan Baliqchi, Oltinkoʻl, sharqdan Asaka, jandan Fargʻona viloyatining Quva tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,33 ming km2. Aholisi 215,3 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Shahrixon), 12 qishloq fuqarolari yigʻini (Abdubiy, Guliston, Nazarmahram, Naynova, Paxtaobod, Toshtepa, Choʻja, Yuqori Shahrixon, Yangiyoʻl, Oʻzbekiston, Oʻrta Shahrixon, Haqiqat) bor. Markazi — Shahrixon shahri.

Tabiati. Tuman hududi Shahrixonsoyning keng yoyilmasida, QuvaAndijon adirlari bilan Qoradaryo oʻrtasidagi tekislikda joylashgan. Oʻrtacha bal. 400—680 m. Tekislikning ustki qismi toʻrtlamchi davr allyuvial yotqiziqlaridan tashkil topgan. Markaziy Fargʻonaning ichki qismiga kirib boradi. Iqlimi kontinental; qishi yumshoq, yozi issiq. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —2,5° dan —3,2° gacha, iyulniki 27°—29°, eng past tra —26°, eng yuqori t-ra 45°. Yiliga 300—350 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 212—216 kun. Tuproqlari boʻz, oʻtloqi botqoq, oʻtloqi boʻz, baʼzi joylarda qumoq shoʻrxok tuproqlar. Oʻtloqi botqoq tuproqli joylarda yer osti suvi yuza (1—2 m). Yovvoyi oʻsimliklardan ajriq, qamish, qiyoq, yantoq, oqbosh, ituzum, semizoʻt, shoʻra, yalpiz, qirqboʻgʻim va gʻumay oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan faqat tulki, quyon uchraydi xolos; qushlardan olaqanot, chumchuq, qaldirgʻoch, bedana, qargʻa, laylak, hakka, zagʻizgʻon, musicha uchraydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; shuningdek, rus, tatar, qirgʻiz, tojik, uygʻur, qozoq va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 652 kishi. Qishloq aholisi 154 ming kishi, shahar aholisi 61,3 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, q. x. ga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, taʼmirlash, toʻqimachilik, tikuvtrikotaj korxonalari va boshqalar faoliyat koʻrsatadi. Qoʻshma korxonalardan: Oʻzbekiston—Koreya «Kosmo Elektroniks KOLTD», Oʻzbekiston—Xitoy «RivojTyanjin», Oʻzbekiston—Hindiston «RivojNorind», OʻzbekistonGermaniya «Interteks», Oʻzbekiston—Rossiya «Anteks» ishlab turibdi. Shahrixon tumanida 640 dan ortiq kichik korxona mavjud.

Q. x. ning yetakchi tarmoqlari paxtachilik va gʻallachilik. Pillachilik ham rivojlangan. 16 shirkat, 580 dan ziyod fermer, 2 oʻquvtajriba xoʻjaligi, 15 ta xususiylashtirilgan chorvachilik fermasi bor. Tumanda 16 ming gektar ekin maydonining 8,5 ming gektariga paxta, 6,5 ming gektariga bugʻdoy ekiladi. Shuningdek, sabzavot, poliz, ozuqa ekinlari va boshqalar mavjud. Meva, uzum yetishtiriladi. Shahrixon tumani jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 45,8 ming qoramol, 121,5 ming parranda, 300 ga yaqin yilqi boqiladi.

Transportning asosiy turi avtomobil transportidir. Tumanda mahalliy va respublika ahamiyatiga ega boʻlgan avtomobil yoʻllari uz. 400 km dan ortiq. Asakadan Shahrixongacha 15 km uzunlikda t. y. oʻtkazilgan. Shahrixon tumanida 2004/05 oʻquv yilida 63 umumiy taʼlim maktabi va 4 litseyda 54,3 ming oʻquvchi taʼlim oldi (2004). 5 kasb-hunar kollejida 5 mingga yaqin talaba oʻqiydi. Bolalar musiqa va sport maktablari bor. Markaziy kutubxona va uning 46 ta tarmogʻi, muzey, madaniyat saroyi mavjud. 3 kasalxona (855 oʻrin) va boshqalar tibbiy muassasalarda 310 vrach (har 10 ming aholiga oʻrtacha 15 vrach) ishlaydi. Sanatoriy faoliyat koʻrsatadi. Tumandan S. Abdurasulov «Oʻzbekiston Qahramoni» (1996) unvonini olgan.

1982-yilda Oʻzbekiston FA Samarqand arxeologiya ilmiy tekshirish institutining olimlari tomonidan mahalliy olimlar bilan hamkorlikda tumandagi Kamoltepa tepaligida arxeologik qazishma ishlari oʻtkazildi. Natijada bu tepalik 1 — 4-asrlarda kulolchilik shaharchasi boʻlganligi aniklandi. Tumanda hunarmandchilik (pichoqchilik, beshikchilik, doʻppidoʻzlik, misgarlik va boshqalar) qadimdan taraqqiy etgan. Shahrixon shahrida YUNESKO roʻyxatiga olingan Ponsod masjidi (1825) meʼmoriy yodgorligi saqlangan. Shahrixondan Andijon va boshqalar shahar va yirik aholi punktlariga avtobus qatnaydi. 1931-yildan «Yangi Hayot» tuman gaz. chiqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x