SHAHRISTON — 1) Sharkda oʻrta asrlarda shaharlarning markazi, mudofaa devori bilan mustahkamlangan asosiy qismi. Saroy (baʼzan ark), jome masjid, yopiq (tim) yoki ochiq bozor, bosh maydon — registon, muhim maʼmuriy binolar, hukmdor va uning yaqinlarining qoʻrgʻonlari, shuningdek, oddiy aholi xonadonlari va boshqalar boʻlgan. Ilk davrlarda unda bogʻ, ekinzorlar ham boʻlgan. qadimiy Buxoro Sh. i arkdan alohida qurilgan (Narshaxiyning yozishicha, arkning bir darvozasidan ark oldidagi maydon — registonga, 2darvozasidan Shahristonga chiqilgan).
Shahristonlar yirikasosiy koʻchalar bilan bir necha dahalarga boʻlingan. Mas, Buxoro Shahriston ida gʻarbdan sharqqa, shim. dan jan. ga oʻtgan qoʻcha Shahristonni 4 teng qismga boʻlgan. Shahristonda dastlab dehqonlar, arab istilosidan keyin savdo va hunarmandchilik rivoj topgach, savdogarlar, hunarmandlar (hokim tabaqa bilan bir Shahristonda) yashaganlar. Keyingi asrlarda Shahriston atrofida tashqi shahar — rabod qurilgan. Oʻrta Osiyoda qoʻsh — ichki va tashqi rabod bilan oʻralgan Shahriston ham boʻlgan (mas, Binkat); 2) bir-biriga yaqin shaharlar guruhi.