Ko`nglim to`lmas qo`shiqlarga, navolarga,
Ishqim tushdi ishq dardi bedavolarga.
Ko`nmay qoldim hamma ko`ngan dunyolarga,
Ko`zlaringni sog`inaman.
Sog`inaman yorim, sog`inaman,
Ko`zlaringni jonim sog`inaman.
Sog`inaman yorim, sog`inaman,
So`zlaringni jonim sog`inaman.
Qayga borsin darding bilan kuygan ko`ngil,
Ko`zlaringni jonidan ham suygan ko`ngil.
Hijronlarning azobiga to`ygan ko`ngil,
Ko`zlaringni sog`inaman.
Sog`inaman yorim, sog`inaman,
Ko`zlaringni jonim sog`inaman.
Sog`inaman yorim, sog`inaman,
So`zlaringni jonim sog`inaman.
Jonim beray sevdim degan so`zlar uchun,
Yuragimga muhrlangan izlar uchun.
Bu dunyoga kelganman, shu ko`zlar uchun,
Ko`zlaringni sog`inaman.
Sog`inaman yorim, sog`inaman,
Ko`zlaringni jonim sog`inaman,
Sog`inaman yorim, sog`inaman,
So`zlaringni jonim sog`inaman.