SHADDODIYLAR — oʻrta asrlarda Arron (Kura va Arake daryolari oraligʻidagi hudud) va Armanistondagi musulmon kurd sulolasi (taxm. 951—1199). Asoschisi — Muhammad ibn Shaddod. U Daysam ibn Ibroxim alKurdiy qoʻl ostidagi Dvin sh. ni egallab olgan. Shaddodiylarning asosiy tarmogi Ganjada 10-a. ning 70y. laridan 1075-y. dagi saljuqiylar bosqinigacha hukmronlik qilgan, shu yili Shaddodiylardan Fazlun 111 asir olingan. Dvinlik Shaddodiylardan biri 1072 i. saljuqiylar sultoni Alp Arslondan Ani sh. ni sotib olib, uni oʻgʻli Manuchaga bergan. Manucha Shaddodiylarning Ani tarmogʻi sulolasi (1072 — 1199) asoschisi boʻlgan. Shaddodiylar sulolasi, 1199-y. Ani sh. ni Gruziyaga (unga vassal Zaxariylar knyazligiga) qoʻshib olinishi bilan tugatilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые